
“Biz boshlang'ich o'yinda muvaffaqiyatga erishmoqchi edik, biroq oldinda uzoq yo'l turibdi va bu yo'lni bosib o'tish qiyin bo'ladi.
Biz murabbiyning ko'rsatmalarini bajardik, to'pni nazorat qildik, qisqa to'p uzaytish taktikasida o'ynadik. “Napoli” hali o'sishi kerak. Bizda mutanosib jamoa shakllangan va bu jamoa keyinchalik ham gol urishda davom etadi. Agar hujumchilarimizning har biri 10 tadan gol urganida edi, ajoyib o'yinlar guvohiga aylanar edik.
Dublga erishganimdan mamnunman, biroq eng asosiysi jamoa g'alaba qozondi. O'tgan mavsumga qaraganda mening maydondagi o'rnim ancha o'zgardi va endi men hujum chizig'iga yaqinroq joyda o'ynayman. Benitesning o'zi meni shu joyda o'ynashimni istayapti. Bugun barchasi ko'ngildagidek chiqdi va o'ylaymanki bundan keyin ham shunday bo'lib qolaveradi”, - deydi Gamshik.