Galte mag'lubiyatdan so'ng: "Javob o'yinidan umidimiz katta edi"

Aziz Tukhtamuradov
9 mar 2023, 09:49
PSJ bosh murabbiyi Kristof Galte "Bavariya"ga qarshi o'yindagi mag'lubiyatdan so'ng (0:2) o'z fikrlarini bildirdi.

"Biz tashabbusga ega bo'lgan paytda qanday gol urish kerakligini tushunmay qoldik. Birinchi bo'limni yaxshi o'tkazdik, vaziyatlar yaratdik. Raqib bilan teng darajada o'ynay oldik.

Ammo ikkinchi bo'limda ahmoqona gol o'tkazib yubordik. Bunday darajadagi bahslarda e'tiborli bo'lish lozim. 

Albatta "Bavariya"ning bosimi haqida bilardik. Bu o'yin saboq bo'lishi kerakmi yoki yo'qmi, bilmayman. Ammo afsuslanish bor. Agar hisobni biz ochganimizda, o'yin boshqacharoq kechardi. Javob o'yinidan umidimiz katta edi.

Klubdagi kelajagim haqida gapirishga hali erta. Barchasi rahbariyatga bog'liq. 

Klub ushbu turnirga katta e'tibor qaratgandi. Men mavsumning so'nggi qismini barqaror o'tkazishga asosiy e'tiborni qarataman", - dedi Galte. 

O'xshash yangiliklar


Aziz TukhtamuradovMuallif
Manba: UEFA