Rasman: Galte PSJni tark etdi

Omonjon To`xtamirzayev
5 iyul 2023
"Pari Sen-Jermen" bosh murabbiy Kristof Galte bilan kelishuvni o'zaro kelishuv asosida buzdi.

Galte PSJda 2022 yil 5 iyul kuni ish boshlagan. Uning qo'l ostida Parij klubi 50 ta o'yin o'tkazdi (34 g'alaba, 6 durang va 10 mag'lubiyat). 56 yoshli mutaxassis PSJ bilan Fransiya Superkubogi va Liga 1da zafar quchdi.


Takidlanishicha bugunning o'zida Luis Enrike parijliklar bosh murabbiyi sifatida tanishtiriladi.




Omonjon To`xtamirzayevMuallif
Manba: psg.fr