PSJ sobiq ustozi Qatarning "Al Duhayl" klubida ish boshladi

Sherzod Nurmatov
12 okt 2023
Fransiyaning PSJ klubi sobiq bosh murabbiyi Kristof Galte Qatarning "Al Duhayl" futbol klubi ustoziga aylandi.

57 yoshli mutaxassis bilan kelishuv tafsilotlariga aniqlik kiritilmagan. Galte argentinalik Ernan Krespo o'rniga jamoa bosh murabbiyi etib tayinlandi.

Beshta o'yindan so'ng "Al Duhayl" Qatar chempionati turnir jadvalida 4-o'rinni band etib turibdi.

PSJ va "Lill" Galte boshchiligida Fransiya chempionligini qo'lga kiritdi, shuningdek, u "Nicca" va "Sent-Eten" klublarini ham boshqargan.


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: duhailsc.qa