

Qita chempionatida qatnashadigan barcha 16ta jamoaning nomi ma'lum bo'ldi. Iordaniya va Saudiya Arabistoni terma jamoalari ilk bor Osiyo chempionati final bosqichida ishtirok etishadi.
Birinchi savatcha: O'zbekiston, Yaponiya, Eron, Tailand.
Ikkinchi savatcha: Avstraliya, Livan, Vetnam, Iroq.
Uchinchi savatcha: Qirg'iziston, Xitoy Taypei, Malayziya, Xitoy.
To'rtinchi savatcha: Tojikiston, Qatar, Iordaniya, Saudiya Arabistoni.
Eslatib o'tamiz, Osiyo chempionati 10-21 fevral kunlari Toshkent shahrida bo'lib o'tadi.



