Futzal. Shuhrat Tojiboev: “Lanchjouda futzalga qiziqish katta”

Tolibjon Qosimov
22 sen 2014, 17:09
Futzal bo'yicha terma jamoamiz sardori Shuhrat Tojiboevning Xitoy klubida faoliyatini davom ettirmoqda.
Futzalchimizning “Chin yurti”dagi faoliyati haqidagi fikrlari bilan qiziqdik.

- Yangi jamoadagi tayyorgarliklar qanday davom etmoqda?
- Lanchjoudagi zalda kuniga ikki mahaldan mashg'ulotlar o'tkazilmoqda. Tayyorgarlik jarayoni yaxshi davom etmoqda, ko'proq to'p bilan ishlayapmiz.

- Xitoyda chempionatning boshlanish sanasi aniq bo'ldimi?
- Chempionat oktyabr oyidan boshlanadi, aniq sanasi esa hozircha ma'lum emas.



- U erning iqlimi nisbatan nam, bunday havoga ko'nikib qoldingizmi?
- Haqiqatdan Xitoyda yomg'ir ko'p yog'arkan, lekin bunga ancha ko'nikib qoldik.

- Jurnalistlar futzalni qay darajada yoritishadi?
- O'zim o'ynayotgan jamoadan kelib chiqib aytadigan bo'lsam, mashg'ulotlarimizga haftada ikki marta jurnalistlar kelib yoritishmoqda. Bundan kelib chiqib Lanchjouda futzalga qiziqish katta deb aytish mumkin.


Tolibjon Qosimov suhbatlashdi

Tolibjon QosimovMuallif
Manba: championat.asia