Futzal. Qozog'istonning Toshkentda o'tkaziladigan turnirda qatnashadigan tarkibi ma'lum

Tolibjon Qosimov
13 noya 2014, 16:46
1-3 dekabr kunlari Toshkentda futzal bo'yicha xalqaro turnir o'tkaziladi.
Kuni kecha ishtirokchilardan biri bo'lgan Qozog'iston terma jamoasining tarkibi e'lon qilindi. Qo'shnilarimizning braziliyalik bosh murabbiyi Kakau turnirga quyidagi futzalchilarni olib keladi:

Darvozabon: Igita ("Qayrat");
O'yinchilar: Dinmuxambet Suleymenov, Serik Jamankulov, Leo, Mixail Pershin, Aleksandr Dovgan ("Qayrat"), Nikolay Pengrin, Chingiz Esenamanov, Pavel Taku ("Tulpar"), Aleksey Lopatyuk, Konstantin Chebotaryov ("Ayat"), Nurim Kenjebaev, Sundetkali Mamaev ("Munayshi"), Stanislav Kononenko ("SK Aeroport").

Eslatib o'tamiz, yilning so'nggi oyida o'tkaziladigan turnirda O'zbekiston, Qozog'iston, Ozarbayjon hamda Belarus terma jamoalari qatnashishadi.

Tolibjon QosimovMuallif
Manba: sports.kz