Futzal. Qozog'iston terma jamoasi JCH uchun tarkibni e'lon qildi, unda 3 nafar braziliyalik bor

Tolibjon Qosimov
11 avg 2021, 19:24
Shu yilning 12 sentyabridan 3 oktyabriga qadar futzal bo'yicha to'qqizinchi Jahon chempionati bo'lib o'tadi.

Musobaqada qo'shnilarimiz Qozog'iston terma jamoasi ham ishtirok etadi. Bir necha kun oldin Qozog'iston futbol federatsiyasi terma jamoaning mundial uchun 16 o'yinchidan iborat yakuniy tarkibini e'lon qildi. Oldin JCHga 14 nafar futzalchini "zayavka" qilish mumkin edi. Bu safar esa 16 nafar o'yinchini "zayavka" qilish mumkin.

Qozog'iston terma jamoasining JCH-2021 uchun yakuniy tarkibi

Darvozabonlar: Igita, Narun Serikov (ikkisi - "Kayrat"), Rauan Atantaev ("Atirau");

O'yinchilar: Taynan ("El-Poso", Ispaniya), Duglas, Dauren Nurgojin, Chingiz Esenamanov, Albert Akbalikov, Birjan Orazov, Dauren Tursagulov (hammasi - "Kayrat"), Azat Valiullin ("Uxta", Rossiya), Arnold Knaub, Nurbek Karagulov (ikkisi - "Aktobe"), Bolat Sarbasov, Jomart Tokaev (ikkisi - "Atirau"), Turexan Dosov ("Bayterek"), Agedil Madiyarov ("Lipeck", Rossiya).


Ko'rib turganingizdek, qo'shnilarimiz bosh murabbiyi Rikardo Kaka oxirgi ro'yxatga 3 nafar asli braziliyalik bo'lgan mahalliylashtirilgan futzalchini kiritgan. Bular: Igita, Taynan va Duglas. Yana bir mahalliylashtirilgan braziliyalik Leo esa iyul oyi boshida o'ng oyog'idan operaciya qilingan va mundialni o'tkazib yuboradi.

Qozog'iston terma jamoasi JCH-2021ning "A" guruhida Litva, Kosta-Rika va Venesuelaga qarshi bahs olib boradi.

Eslatib o'tamiz, O'zbekiston terma jamoasining mundial uchun tarkibi hali e'lon qilinmadi.

O'xshash yangiliklar


Tolibjon QosimovMuallif
Manba: kff.kz