

Mazkur bellashuvlar 2017 yilning 16–26 may kunlari Tailandda, tarixda ilk marotaba o'tkaziladigan U-20 Osiyo chempionatiga tayyorgarlik vazifasini o'taydi.
O'zbekiston termasidan tashqari futzal bo'yicha qita birinchiligida Osiyo futbol konfederatsiyasi (OFK)ga a'zo 21 mamlakat terma jamoasi ishtirok etadi.
30 mart kuni bo'lib o'tgan qur'a natijasiga ko'ra, O'zbekiston U-20 termasi “S” guruhidan joy oldi va pley-off yo'llanmasi uchun Qatar, Livan, Myanma va Gongkong yoshlariga qarshi bahs olib boradi.
Ma'lumot uchun, futzal bo'yicha O'zbekiston U-20 terma jamoasiga ispaniyalik mutaxassis Xose Mariya Pazos Mendez bosh murabbiylik qilmoqda.



