Futzal. Oliy liga. "Olmaliq" joriy mavsumning dastlabki finalchisi

Tolibjon Qosimov
13 apr 2017, 16:32
Bugun futzal bo'yicha XXI O'zbekiston chempionatining yarim final ikkinchi kun bellashuvlari o'tkazilmoqda.

Mamlakatimizning amaldagi chempioni "Olmaliq" jamoasi "Bunyodkor"ni ikkinchi o'yinda yirik hisobda taslim etdi. Shu tariqa, olmaliqliklar 2016-2017 yilgi mavsumning dastlabki finalchisiga aylanishdi.

Oliy liga, yarim final
13.04.2017, "O'zbekiston"
sport majmuasi

"Bunyodkor" - "Olmaliq" 2:8
Gollar:
O.Vohidov 37, X.Najimov 39 - S.Mahmudov 9, A.Yunusov 17, 30, J.Anorov 18, F.Abdumavlonov 19, 32, 39, J.Sharipov 35

"Bunyodkor" (birinchi beshlik): Abbosbek O'lmasbekov, Faxriddin Samegov, Xurshid Tojiboev, Davron Valijonov, A'zam Saidahmatov.
Zaxira: Abdushukur Yasinov, Ulug'bek Abdullaev, Alisher Ibragimov, Alisher Xolmuhammedov, Zuhriddin Xiyomuhammedov, Olim Vohidov, Xurshid Najimov.

"Olmaliq" (birinchi beshlik): Klim Tyugaev, Konstantin Sviridov, Jamoliddin Sharipov, Artur Yunusov, Sirojiddin Mahmudov.
Zaxira: Ravshan Eliboev, Farhod Abdumavlonov, Dilshod Irsaliev, Javlon Anorov, Sarvar Shoahmedov, Andrey Shlema, Sunnat Anvarov, Rustam Tog'aev.


O'xshash yangiliklar


Tolibjon QosimovMuallif
Manba: championat.asia