Futzal. Farhod Abdumavlonov: "Istalgan klubga qarshi o'ynashga tayyor edik"

Tolibjon Qosimov
2 noya 2016, 12:38
31 oktyabr kuni futzal bo'yicha Assotsiatsiya kubogi-2016ning final uchrashuvi bo'lib o'tdi.

Unda mamlakatimizning amaldagi chempioni "Olmaliq" "Five Star"ni yirik hisobda mag'lubiyatga uchratdi. Olmaliqliklar a'zosi Farhod Abdumavlonov ana shu bahs haqida o'z fikrlarini bildirib o'tdi.

"Final o'yinida murabbiyimiz tomonidan berilgan ko'rsatmalarni to'liq bajarganimiz evaziga g'alaba qozondik deb o'ylayman. Shuningdek, shu kuni juda kam xato qildik va vaziyatlarni golga aylantirdik.

Finalga "Ardus" yoki "Do'stlik-AIN" jamoalaridan biri yetib kela olmagani ishimizni osonlashtirdi deb o'ylamayman. Sababi, "Olmaliq"da hozir terma jamoaga nomzod futzalchilar yig'ilgan va bu tarkib bilan biz istalgan klubga qarshi o'ynashga tayyor edik.

Uchrashuvning boshidayoq gol urganim, qaysidir manoda raqibga ruhan salbiy ta’sir qildi desam bo'ladi. Tezkor gol, har qanday jamoani shoshirib qo'ydi".

O'xshash yangiliklar


Tolibjon QosimovMuallif
Manba: championat.asia