Futzal bo'yicha O'zbekiston milliy terma jamoasi Toshkentda yig'in o'tkazadi

Narzulla Saydullayev
29 iyun 2019, 19:09
Joriy yilning oktyabr oyida bo'lishi rejalashtirilgan futzal bo'yicha Osiyo chempionati-2020 saralash bahslariga hozirlik jarayonini boshlash maqsadida O'zbekiston milliy terma jamoasi 1-26 iyul kunlari yig'in o'tkazadi.

Mazkur yig'in poytaxtimizda tashkil etiladi va mashg'ulotlar kuniga 2 mahaldan “Bunyodkor” akademiyasi zalida olib boriladi. Terma jamoa o'zagini shakllantirish hamda futzal bo'yicha O'zbekiston milliy terma jamoasiga nomzod bo'lgan futbolchilar harakatlarini ko'zdan kechirish maqsadida bosh murabbiy Bahodir Ahmedov ushbu yig'inga 18 nafar futzalchini jalb etdi.

Aslida yig'inga 28 nafar futzalchi chaqirish rejalashtirilgan edi. Lekin 7-18 avgust kunlari Tailandda klublar o'rtasidagi Osiyo chempionati o'tkazilishi va unda AGMK klubining ham ishtirok etishi inobatga olinib, AGMK klubi a'zolariga o'z klubi safida qita birinchiligiga tayyorgarlik ko'rish imkoniyati taqdim etildi.

Yig'inda ishtirok etadigan futzalchilar ro'yxati:

Darvozabonlar:
Akmaljon Hazratqulov (“Paxtakor”), Ravshan Eliboev (“Paxtakor”), Abbos Elmurodov (“Lokomotiv”), Islom Miraliev (“Bunyodkor”).

Futzalchilar: Sunnatilla Jo'raev (“Nasaf”), Muhammad Zoirov (“Paxtakor”), Avaz Abduvaliev (“Paxtakor”), Laziz Ubaydullaev (“Dinamo”), Botir Rizaev (“Maksam-Chirchiq”), Shoxzod Sadiev (“Dinamo”), Dilmurod Shavkatov (“Paxtakor”), Husan G'aniev (“Navbahor”), Ahmadxon Mamadaliev (“Navbahor”), Isoxon Ibragimov (“Navbahor”), Dilmurod Jumaev (“So'g'diyona”), Davlat Ibragimov (“Dinamo”), Abdulla Solixov (“Lokomotiv”), Ravshan Ismatullaev (“Dinamo”).

Yig'in doirasida 2 ta o'rtoqlik uchrashuvi o'tkazilishi ko'zda tutilgan.

O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: ufa.uz