Futzal bo'yicha O'zbekiston kubogi finaliga tashrif buyurgan tomoshabin iPhone 15 Pro yutib olishi mumkin

Оқил Абдубарноев
13 iyun 2024, 21:49
Musobaqaning hal qiluvchi o'yini ertaga bo'lib o'tadi.

"Futsal Uzbekistan" Telegram kanalining ma'lum qilishicha, ertaga, 14 iyun kuni Yunusobod sport majmuasida futzal bo'yicha O'zbekiston kubogining final uchrashuviga tashrif buyurgan tomoshabin 2 ta iPhone 15 Pro yoki 3 ta Samsung Galaxy Tab A9 dan birining egasiga aylanishi mumkin. 

Tashrif buyurgan ishtirokchi yorqin futzal oqshomi kafolatlanishi, final uchun bepul chiptaga ega bo'lishi hamda unga yozilgan raqam yordamida 2 ta iPhone 15 Pro yoki 3 ta Samsung Galaxy Tab A9 qurilmalaridan birini yutib olishi mumkin.

Eslati o'tamiz, "Oil-Star" va BMB o'rtasidagi O'zbekiston kubogi finali 14 iyun kuni soat 17:00 da start oladi.

O'xshash yangiliklar


Оқил АбдубарноевMuallif
Manba: t.me/Futsal_Uzbekistan