Futzal bo'yicha JCH. Ukraina Fransiyani ayab o'tirmadi va tarixda ilk bor mundialning bronza medallariga ega chiqdi!

Sherzod Nurmatov
6 okt 2024, 19:10
Mundialda 3-o'rin egasini aniqlab bergan uchrashuv yakuniga etdi.

Jahon chempionati

3-o'rin uchun bahs

Ukraina – Fransiya 7:1

Toshkent. "Humo Arena". 17:30

Gollar: Ixor Cherniavski (Ixor Korsun) 11', Mixaylo Zvarich (Rostislav Semenchenko) 22', Evgeniy Juk (Nazar Shved) 27', Evgeniy Juk 28', Daniil Abakshin 30', Daniil Abakshin 30', Daniil Abakshin 33' – Ayub Saadaoui (Ouassini Guirio) 23'

Ukraina (dastlabki beshlik): 2.Oleksandr Suxov, 7.Rostislav Semenchenko, 9.Daniil Abakshin, 10.Mixaylo Zvarich, 13.Ixor Korsun.

Zaxira: 1.Kirilo Cupin, 12.Yuri Savenko, 3.Nazar Shved, 4.Andrey Melnik, 5.Evgeniy Juk, 6.Mikola Mikituk, 8.Ixor Cherniavski, 11.Artyom Farenyuk.

Fransiya (dastlabki beshlik): 12.Tibo Garros, 8.Ayub Saadaoui, 10.Abdessamad Muhammad, 11.Suxail Mouhoudin, 14.Ouassini Guirio.

Zaxira: 1.Fransis Lokoka, 2.Sid Belhaj, 3.Mamadu Ture, 4.Nikolas Menendes, 5.Artur Chaptchet, 6.Kevin Ramires, 7.Stiv Bendali, 9.Nelson Lutin, 13.Mamadu Ture.

SAHIFANI YANGILASH



UCHRASHUV YAKUNLANDI! UKRAINA – 3-O'RIN EGASI! 

33. GOL! Daniil Abakshin bo'sh qolgan darvozani ishg'ol qilish bo'yicha mutaxassis ekanligini isbotladi – 7:1!

30. Yana Daniil Abakshin olis masofadan bo'sh qolgan darvozani ishg'ol qildi – 6:1!

30. Daniil Abakshin o'ynovchi darvozabon xizmatidan foydalanayotgan Fransiyani jazoladi – 5:1!

28. GOL! Evgeniy Juk darvozabondan qaytgan to'pni darvozaga yo'llab, dublga erishdi – 4:1!

27. GOL! Nazar Shveddan pas qabul qilib olgan Evgeniy Juk himoyachilarni chalg'itgan holda darvoza pastki burchagini nishonga oldi. Chiroyli gol – 3:1!

23. GOL! Ouassini Guirioning pasidan keyin Ayub Saadaoui hisobni 2:1 ko'rinishiga keltirildi!

22. GOL! Rostislav Semenchenkoning havolatib amalga oshirgan uzatmasidan keyin Mixaylo Zvarich bosh bilan to'p kiritdi – 2:0! 

11. GOL! Ixor Korsunning qulay pasidan so'ng Ixor Cherniavski birinchi to'p muallifiga aylandi!


O'xshash yangiliklar


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: Championat.asia