Futzal bo'yicha JCH. Argentina Fransiyani 3:2 hisobida mag'lub etdi va ketma-ket uchinchi marotaba mundial finalida o'ynaydigan bo'ldi

Абдулвосит Бектемиров
3 okt 2024, 21:45
Yurtimizda bo'lib o'tayotgan futzal bo'yicha Jahon chempionatining yarim final Argentina - Fransiya bahsi bo'lib o'tdi.

Jahon chempionati 

1/2 final

Argentina – Fransiya  3:2

Gollar: Kevin Arrieta 3, Nikolas Menendes 6, Klaudino 8, Mamadu Ture 25, Kevin Arrieta 37,

Toshkent. "Humo Arena".

Argentina(dastlabki beshlik): 1.Nikolas Sarmiento, 3.Anxel Klaudino, 6.Sebastyan Korso, 11.Alan Brandi, 14.Pablo Taborda. 

Zaxira: 12.Kravecki, 2.Lukaas Tripodi, 4.Bolo Alemani, 5.Agustin Plaza, 7.Matias Rosa, 8.Lusiano Gauna, 9.Kristian Borruto, 10.Konstantino Vaporaki, 13.Kevin Arrieta. 


Fransiya(dastlabki beshlik): 1.Fransis Lokoka, 8.Ayub Saadaoui, 10.Abdessamad Muhammad, 11.Suxail Mouhoudin, 14.Ouassini Guirio.  

Zaxira: 12.Tibo Garros, 2.Sid Belhaj, 3.Mamadu Ture, 4.Nikolas Menendes, 5.Artur Chaptchet, 6.Kevin Ramires, 7.Stiv Bendali, 9.Nelson Lutin, 13.Mamadu Ture.  



Matnli translyatsiya 

Uchrashuv yakunlandi. Argentina finalda!

Fransiya so'nggi daqiqalarda o'ynovchi darvozabon bilan xarakatlandi, ammo gol ura olmadi.

36. GOOLLLL!!!!Kevin Arrieta "dabl penalti"dan unumli foydalandi va gol urdi. Hisb 3:2 Argentina foydasiga.

35. Kristian Borruto va terma jamoasi bosh murabbiyi sariq kartochka bilan jazolandi.

34. Fransis Lokoka ketma-ket ikkita seyv qayd etdi.

27. Mamadu Ture sariq kartochka bilan jazolandi.

25. GOLLL!!! Mamadu Ture raqib darvozaboni bilan birga-bir vaziyatga chiqib oldi va hisobni tenglashtirdi.

25. Lusiano Gauna qanotdan kuchli zarba berdi, Fransis Lokoka o'z o'rnida.

23. Ayub Saadaoui qanotdan zarba berdi, lekin zarbaga aniqlik yetishmadi.

21. Ikkinchi bo'lim boshlandi.

Birinchi bo'lim yakunlandi, hozircha hisob 2:1 Argentina foydasiga.

20. TAYM-AUT! Fransiya terma jamoasi ham tanaffus olishga qaror qildi.

19. Fransiya terma jamoasi darvoza to'sinini nishonga oldi. Qaytgan to'p esa darvoza chizig'ini to'liq kesib o'tmagani sabab, gol hisobga olinmadi.

16. Fransiya yana bir xavfli vaziyatga ega bo'ldi, ammo zarba noaniq.

13. TAYM-AUT! Argentina terma jamoasi tanaffus olishga qaror qildi.

8. GOLLLLL!!!! Argentina tezda javob berdi va yana hisobda oldinga chiqib oldi. Gol muallifi Klaudino.

6. GOOLLLLLL!!! Fransiya hisobni tenglashtirdi. Nikolas Menendes darvoza burchagini aniq nishonga oldi.

4. Abdesammad Mohammeddan yana bir xavfli zarba.

3. GOLLLLLL!!!! Kevin Arrieta penaltidan unumli foydalandi va uchrashuvdagi dastlabki golni urdi.

3. Argentina terma jamoasi penalti ishlab oldi.

2. Fransiya dastlabi xavfli vaziyatga ega bo'lmoqda. Abdesammad Mohammedning zarbasiga aniqlik yetishmadi.

2. Alan Brandi uchrashuvdagi dastlabki zarbaga mualliflik qildi.

1. Uchrashuv boshlandi.

Jamoalar parketga chiqib kelishdi, madhiyalar yangradi. Uchrashuv startiga sanoqli soniyalar qolmoqda.

O'xshash yangiliklar


Абдулвосит БектемировMuallif
Manba: championat.asia