Futbolka sohiblari aniqlandi

Narzulla Saydullayev
11 iyul 2016, 14:34
10 iyul kuni tunda Yevropaning yangi chempioni nomini bilib oldik.

Sen-Deni shahridagi "Stad de Frans" stadionida Fransiya va Portugaliya terma jamoalari chempionlik uchun kurash olib borishdi.

Finaldan oldin kichik tanlov tashkil qilishga qaror qilgandik. O'quvchilarimiz Evro-2016 hal qiluvchi uchrashuvning hisobini topishlari va musobaqa uchun maxsus ishlab chiqarilgan futbolka yutib olishlari mumkin bo'ldi.

championat.asia saytida o'tkazilgan tanlovda 27 nafar ishtirokchi 1:0 hisobini aniq topishdi. Tasodifiy raqamlar genaratori yordamida bir nafar g'olibni aniqladik. Unga ko'ra "Cr7" nikidagi o'quvchimizga omad kulib boqdi. G'olibni aniqlash uchun o'tkazilgan vaziyat videoni tomosha qilish uchun quyidagi HAVOLAga o'ting

championat.asia saytining feysbukdagi sahifasida o'tkazilgan tanlovda 20 nafar ishtirokchi 1:0 hisobini aniq topdi. Tasodifiy raqamlar genaratori yordamida bir nafar g'olibni aniqladik. Unga ko'ra "Nodirbey Amonov" nikidagi o'quvchimizga omad kulib boqdi. G'olibni aniqlash uchun o'tkazilgan vaziyat videoni tomosha qilish uchun quyidagi HAVOLAga o'ting.

olamsport.com saytining feysbukdagi sahifasida o'tkazilgan tanlovda esa "Isroil Jon" nikidagi ishtirokchi asosiy vaqt 0:0, qo'shimcha taymlarda Portugaliya gol urib g'olib bo'lishini to'g'ri taxmin qilib futbolka sohibi bo'ldi.

G'oliblar biz bilan aloqaga chiqishlari so'raladi. championatuz@mail.ru pochtasiga yoki feysbukdagi sahifaga murojaat qilishingiz mumkin.

O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia