"Futbol TV" va "Sport" top-chempionatlardan birining namoyish huquqini qo'lga kiritdi

Sherzod Nurmatov
8 may 2025, 19:10
O'zMTRK "Futbol TV" va “Sport” telekanalidan yangiliklar davom etadi.

Xabaringiz bor, telekanal Germaniya Bundesligasining 2025/26 yilgi mavsum uchun namoyish huquqini qo'lga kiritgandi. PSJning YCHLdagi muvaffaqiyatli o'yinlari sabab Fransiya chempionatiga ham qiziqish ortdi. Shuni inobatga olib, Fransiya chempionati 2025/26 yilgi mavsumining namoyishi bo'yicha ham kelishuvga erishilgan.

Ahamiyatlisi, Bundesliga va Fransiya chempionatining joriy mavsum yakuniy qismi "Futbol TV" va "Sport" telekanallarida namoyish etiladi.

Shu tariqa top-5 chempionatlardan ikkitasining 2025/26 yilgi mavsum namoyish huquqi qo'lga kiritildi. Tomoshabop futbol va sport iventlari namoyish huquqi bo'yicha muzokaralar davom etmoqda.

O'xshash yangiliklar


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: Спорт ТВ