Fransiya TJda Mbappe va Grizmann o'rtasida ziddiyat yuzaga kelgan

Aslanov Jasurbek
1 iyul 2021, 20:32
Ular o'rtasidagi ziddiyat Jahon chempionatidan beri davom etib kelmoqda.

Fransiya terma jamoasi hujumchilari Kilian Mbappe va Antuan Grizmann o'rtasidagi munosabatlar do'stona emas.

Qayd etilishicha, Mbappe Grizmannning terma jamoadagi nufuziga hasad ko'zi bilan boqadi. Ular o'rtasidagi sovuq munosabat 2018 yilgi mundialdan beri davom etib kelmoqda.

Ziddiyatga sabab qilib, Grizmann jamoa haqida, Mbappe esa o'zi haqida ko'proq qayg'urishi aytilmoqda.  

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: L’Équipe