Fransiya. "Lion" 2-turda raqib darvozasiga javobsiz 6 ta gol urdi

17 avg 2019, 07:00
"Lion" jamoasi o'z maydonida "Anjer"ni yirik hisobda mag'lubiyatga uchratdi.

Uchrashuvning 11-daqiqasida Auar hisobni ochgan bo'lsa, oradan 25 daqiqa o'tib Dembele farqni oshirdi. Birinchi bo'limning so'ngida va ikkinchi bo'lim boshida Memfis Depay dublni rasmiylashtirdi va hisob 4:0 ko'rinishiga keldi. Shu paytda mezbonlar tinim bilishmadi. 65 va 72-daqiqalarda muxlislar yana ikkita gol ko'rishga muyassar bo'lishdi. Shu tariqa, "Lion" klubi birinchi turda "Monako"ni safarda 3:0, o'z maydonida "Anjer"ni 6:0 hisoblarida mag'lub etib, Liga 1 da yaqqol peshqadamga aylanib olishdi. Bugun Fransiya chempionatining yana 6 ta uchrashuvi o'tkaziladi. Ertaga "Renn" va PSJ jamoalari o'rtasidagi bahs ushbu turni yakunlab berishi rejalashtirilgan.


Fransiya chempionati

2-tur

Lion – Anjer 6:0 (3:0, 3:0)

16 avgust, 23:45, Grupama Stedium

Gollar: 1:0 – 11 Auar, 2:0 – 36 Dembele, 3:0 – 42 Depay, 4:0 – 48 Depay, 5:0 – 65 Dembele, 6:0 – 72 Jan Lukas.

Lion – Antoni Lopesh, Dyubua (Tete, 70), Andersen, Denayer, Kone, Tiago Mendes (Jan Lukas, 69), Tuzar, Auar, Traore, Dembele (Tere, 66), Depay.

Anjer – Byutel, Manko, Pavlovich, Toma, Ait-Nuri, Santamariya, Kapel, Pajo (Ninga, 54), Mangani, Pereyra Laje (Baoken, 69), Aliui (Kanga, 69).

Ogohlantirishlar: Traore (61), Kapel (70), Baoken (90).


Liga 1 turnir jadvali bilan tanishing

To'purarlar: Mussa Dembele, Memfis Depay ("Lion") - 3 ta gol, Viktor Osimxen ("Lill") - 2 ta gol.

  

O'xshash yangiliklar


Manba: championat.asia