Fransiya futbol federatsiyasi Zidan bilan dastlabki kelishuvga erishdi

Sherzod Nurmatov
22 noya 2022, 19:24
Fransiyaning futbol bo'yicha bosh tashkiloti Zinedin Zidanni terma jamoa ustozi etib tayinlaydi.

Afsonaviy futbolchi bilan dastlabki kelishuvga erishildi. U Qatardagi Jahon chempionatidan so'ng Dide Deshamning o'rnini egallaydi. 

1998 yilda Jahon va 2000 yilda Yevropa chempioni bo'lgan Fransiya terma jamoasi tarkibida asisiy o'yinchidardan biri bo'lgan Zidan "Real"dan ketganidan buyon ishsiz edi. Zidan "qirollik klubi" bilan murabbiy sifatida uch marta Chempionlar Ligasi va uch marta La Ligada zafar quchdi.

Zidan Fransiya terma jamoasini boshqarish orzusini amalga oshirish uchun yozda PSJning taklifini rad etgan edi.

O'xshash yangiliklar


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: Mundo Deportivo