Fransiya 4-marotaba JCH finaliga chiqdi

Eldor Akmurzayev
15 dek 2022, 08:00
Qatardagi mundial yarim finalida Fransiya TJ 2:0 hisobida Marokashni engib, hal qiluvchi bahsga yo'llanma oldi.

Francuzlar o'z tarixida 4-marotaba finalda qatnashadi. Ular 2 bor chempionlikni (1998, 2018) qo'lga kiritgan va 2006 yil finalda Italiyaga penaltilar seriyasida imkoniyatni boy bergan.

Bundan tashqari, “ko'klar” 1958 hamda 1986 yilgi musobaqalarda bronza medaliga ega chiqqan va 1982 yil 4-o'rin bilan cheklangan.

Avvalroq, Argentina TJ 6-marotaba mundial finaliga chiqqani haqida xabar bergandik.

O'xshash yangiliklar


Eldor AkmurzayevMuallif
Manba: Championat.asia