

Unda janubiy amerikaliklar ishonchli (3:0) hisobda zafar quchib, 18 dekabr kuni bo'lib o'tadigan final yo'llanmasiga ega chiqishdi. Umuman Argentina o'z tarixida 6-marotaba hal qiluvchi bahsda ishtirok etadigan bo'ldi. Ular bu borada Italiya (4 ta chempionlik) hamda Braziliyaning (5 ta chempionlik, +1950 yil guruh tarzida g'olib aniqlangan) natijasini takrorlashdi. Finalga chiqish borasida rekord esa Germaniya TJga (4 ta chempionlik) tegishli – 8 ta.
Argentina 1978 hamda 1986 yillarda oltin medallarni qo'lga kiritgan. 1930, 1990 hamda 2014 yillardagi mundiallarda esa kumush medal sohibi bo'lgan.



