Fozil Musaev to'liq o'ynadi, "Al Muayzir" mag'lub bo'ldi

Narzulla Saydullayev
27 okt 2013, 19:16
Qatar yulduzlar ligasining 6-turida "Al Muayzir" o'z uyida "Al Jayish"ni qabul qilib 2:4 hisobida mag'lub bo'ldi.
Bu o'yinda hamyurtimiz Fozil Musaev mezbon jamoa safida doimgidek to'liq o'ynadi.

"Muayzir" 6ta o'yindan 4 ochko bilan musobaqa jadvalining 13-pog'onasida bormoqda.

"Al Muayzir" - "Al Jayish" 2:4
Gollar:
Jasmani Kampos 69, 87 - Abdulla Ayish Muhammad 31, Muhammad Jedo 37, Kalu Uche 39, Vagner Ribeyro 74.


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia