Fotomaqola: Yaponiya - Iordaniya. Ko'zguda - Ermatov!

Narzulla Saydullayev
21 yanv 2015, 10:00
Kecha Ravshan Ermatovni suratga olish uchun ham Yaponiya - Iordaniya terma jamoalari o'rtasidagi o'yinga tashrif buyurdik.



Ravshan Ermatov futbolchilar uchun chegaralarni aniqlab beryapti




Bir marotaba Rasulov, bir marotaba Qo'chqorov o'yindan tashqari holatda kiritilgan gollarni bekor qilishdi.




Abduhamidullo Rasulov Yaponiya - Iordaniya uchrashuvida ikkilanmay kiritilgan golni bekor qila oldi.




Bejizga Ermatov ketma-ket eng yaxshi hakam unvonini qo'lga kiritmayotganiga mana shu surat javob bo'lsa ajab emas. Uning yugurishiga bir e'tibor bering.




Uchrashuv komissari - Pavel Luzanov. Turkmanistonlik qo'shnimiz bilan ancha yillardan beri tanishmiz. Ilk marta 2006 yil futzal bo'yicha Toshkentda bo'lib o'tgan Osiyo chempionatida uchrashgan edik. OFK rasmiy saytining rus tilidagi bo'limiga javobgar bo'lgan bu mutaxassis bugun musobaqalar o'tkazish departamentida ishlayapti.





Jahon chempionatida yulduzlarga sariq kartochkasini ayamagan hakamga Osiyo chempionatida gapingizni o'tkazib qo'ring-chi... Haqiqatdan ham, faxrlanishga arziydigan hakam. Ammo uning o'zi ham yarim final va final uchrashuvini boshqarishni istamayotgan bo'lsa kerak...


Foto: Nodirxo'ja Yuldashev.

Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia