Fotomaqola. "Paxtakor" "Nasaf"ni taslim etdi

Tolibjon Qosimov
27 iyun 2015, 15:15
Kecha Oliy liga 14-turiga start berildi.
Turning markaziy uchrashuvi Toshkentda "Paxtakor" hamda "Nasaf" jamoalari o'rtasida bo'lib o'tdi. "Sherlar"ning 3:1 hisobidagi g'alabasi bilan yakuniga etgan uchrashuvdan fotomaqolani e'tiboringizga havola etamiz.


Har ikki jamoaning sardorlari legioner futbolchilar.


Maqsud Karimov to'p bilan.


Uchrashuvni Ravshan Ermatov brigadasi boshqarib bordi.


Mavsum boshida ko'plab xatolarga yo'l qo'yishi bilan yodda qolgan Adnan Oraxovac hozirga kelib ancha o'ziga kelib oldi. Kecha bahsda u hisobni ochdi.


Oliy ligamizda aprel oyining eng yaxshi futbolchisi bo'lgan Shoxruh Gadoev.


Davron Hoshimov ikkinchi bo'limda raqibning ko'plab xavfli hujumlarini bartaraf etdi.


Kecha Igor Sergeevni "qo'riqlash" Sherzod A'zamovga topshirilgan edi...


Ara shu kuni o'z o'yinini ko'rsata olmadi, bunga raqib ham imkon bermadi.


Uchrashuv qo'polliklarga boy bo'ldi, ulardan birida Sergeevning boshi yorildi.


Katta o'yinlarning bosimi ham katta bo'ladi. Bunday bellashuvlarda janjallar ham bo'lib turadi.


Yuqoridagi vaziyatda bosh rolni ijro etganlar sariq kartochka bilan "siylandi".


Sergeev jarohat olgan boshi bilan ham gol urdi. U hozirgi "Paxtakor"ning asosiy "Kozyr"i.


Chiroyli o'yin va g'alabalar muxlislar uchun, ular bunga munosib.


Oliy ligada may oyining eng yaxshi murabbiyi deb topilgan Samvel Babayanga sovrin topshirildi.


Tolibjon Qosimov

Tolibjon QosimovMuallif
Manba: championat.asia