Qizig'i shundaki, andjijonliklar uchrashuv rasmiy qaydnomasining zaxiradagi o'yinchilar ro'yxatiga faqat uch nafar futbolchini kiritishdi. Bular - darvozabon Muhiddin Xudoyorov, himoyachi Artur Mamatkazin va hujumchi Shuhrat Mirxoldirshoev. Va mana shu futbolchilardan ikki nafari ikkinchi bo'limda maydonga tushdi.
Yaxshi bilasiz, protokol to'ldirilayotganda zaxira ro'yxatiga ettita o'yinchini yozish mumkin. Bizda o'yin qaydnomasini to'liq to'ldirmaslik holatlari ko'pincha birinchi ligada uchraydi. Yani, moliyaviy muammolar sabab ko'pincha mehmonda o'ynaydigan jamoalar kam o'yinchi bilan borishadi va zaxira o'rindig'iga e'tibor bersangiz, ikki-uch futbolchi o'tirgan bo'ladi. Ammo oliy ligada to'g'risi bunaqa holatni men birinchi bor ko'rishim.
Bizga ma'lum bo'lishicha, “Andijon” futbol klubida asosiy tarkib o'yinchilari bilan bog'liq bir nechta muammolar yuzaga kelgan. Jumladan, Ibrohim Otaxonov sariq kartochkalar tufayli kechagi bellashuvni o'tkazib yubordi. Mirzakamol Kamolov, Alisher To'xtasinov, Vyacheslav Shevchenko, Vitaliy Vizaver esa tibbiy ko'rikdan o'ta olishmagan.
Rahim Qodirovda jarohat bor ekan. Chetda o'ynab kelgan ikki futbolchi Akbar Xo'jaev bilan Aziz Ibragimovning hali transfer qog'ozi kelmabdi. Xullas, shunaqa gaplar. Jamoa navbatdagi turni o'z maydonida “Qizilqum”ga qarshi o'tkazadi. Balki shu o'yingacha futbolchilar ko'payib qolar.
X.Xoliqov.