

"Benzema UEFA tomonidan yilning eng yaxshi futbolchisi deb topib bo'lindi. Yaqin kunlarda u "Oltin to'p"ni ham oladi. Hech kim bunga shubha ham qilmayapti", - dedi Peres.
O'tgan mavsumda Benzema "Real" tarkibida 46 o'yinda 44 gol va 15 assist qayd etdi. "Oltin to'p" topshirish marosimi 17 oktyabr kuni bo'lib o'tadi.



