Florentino Peres: "Oltin to'p"ni Benzema olishiga hech kim shubha qilmayapti"

Mirjalol Normatov
2 okt 2022, 16:44
"Real" prezidenti Florentino Peres hujumchi Karim Benzema "Oltin to'p" uchun loyiq deb hisoblaydi.

"Benzema UEFA tomonidan yilning eng yaxshi futbolchisi deb topib bo'lindi. Yaqin kunlarda u "Oltin to'p"ni ham oladi. Hech kim bunga shubha ham qilmayapti", - dedi Peres.

O'tgan mavsumda Benzema "Real" tarkibida 46 o'yinda 44 gol va 15 assist qayd etdi. "Oltin to'p" topshirish marosimi 17 oktyabr kuni bo'lib o'tadi.

O'xshash yangiliklar


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: Goal