Flik: "Romantiklar Messining JCHdagi g'alabasini kutishmoqda"

Mirjalol Normatov
18 dek 2022, 12:12
Germaniya termasi bosh murabbiyi Xans-Diter Flik JCH-2022 finali oldidan fikrlarini bildirdi.

"Agarda siz futbol romantiki bo'lsangiz, Messining g'alabasini kutyapsiz. U so'nggi 10 yillikdagi eng zo'r futbolchilardan biri. Shu yoshida ham o'z sifatlari eskirmaganini ko'rsatmoqda.

Ikki terma ham final uchun haqli yetib keldi. So'nggi jahon chempionati bo'layotgani sababli Messi titulga haqlidir, biroq barchasiga betaraf bo'lish kerak. Fransiya termasi futbolchilari Koman, Pavar, Ernandesning murabbiyiman, ammo ularning bir qanchasi finalda o'ynamaydi", - dedi Flik.

O'xshash yangiliklar


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: SID