Flik eng yaxshi murabbiy deb topildi

Aslanov Jasurbek
9 sen 2024
"Barselona" ustozi Xansi Flik avgustda LaLiganing eng yaxshi murabbiyi sovrinini qo'lga kiritdi.

Nemis mutaxassisi chempionatning dastlabki 4ta uchrashuvining barchasida g'alabaga erishdi (to'plar nisbati 13:3).

Kataloniyaliklar "Valensiya" (2:1), "Atletik" (2:1), "Rayo Valekano" (2:1) va "Valyadolid"ni (7:0) taslim qilishdi.

Sovrin uchun Marselino Garsiya Toral ("Vilyarreal") va Luis Garsiyalar ("Alaves") davogarlik qilishgan edi.


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: laliga.com