Flik “Borussiya D” bilan o'yin haqida: “Bu o'yinni butun dunyo ko'radi”

7 noya 2020, 08:59
Myunxen klubi ustozi Bundesliga 7-tur markaziy o'yini oldidan fikrlari bilan bo'lishdi.

“Oldinda butun dunyo ko'radigan klasiker bizni kutib turibdi. Bu qo'shimcha motivatsiya beradi. O'zimizga ishonamiz va g'alaba qozonish uchun qo'limizdan kelganini qilishga harakat qilamiz. Bu yerda gap qanday qilib kamroq xato qilish va raqibga ustunlik bermaslik haqida ketmoqda. Ushbu bahsni sabrsizlik bilan kutmoqdaman”, - deydi Flik.

“Borussiya D” va “Bavariya” o'rtasidagi uchrashuv bugun, 7 noyabrda bo'lib o'tadi.

O'xshash yangiliklar


Manba: “Бавария” расмий сайти