Firpo "Lids" o'yinchisiga aylandi, transfer narxi - 15 mln evro

Alisher
6 iyul 2021, 18:01
Himoyachi Junior Firpo "Lids" o'yinchisiga aylandi.

Angliya klubi rasmiy sayti 24 yoshli futbolchi bilan 4 yillik shartnoma imzolanganini e'lon qildi.

"Lids" transfer narxini ma'lum qilmadi, ammo "Barselona" ma'lumotni yashirib o'tirmadi. Kataloniyaliklar sayti xabariga ko'ra, Firpo uchun ingliz klubi 15 million evro to'ladi. "Ko'k-anorranglilar" o'yinchining keyingi transferidan 20% ulush olishadi.

Junior Firpo ikki mavsum "Barselona" o'ynadi. U 41ta o'yinda maydonga tushib, 2ta gol va 3ta assist qayd etdi.

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: leedsunited.com