"Fiorentina" "Yuventus" xavbekini ijaraga olishga yaqin

Sherzod Nurmatov
15 iyul 2023, 13:38
"Fiorentina" "Yuventus" yarim himoyachisi Artur Meloni sotib olish huquqi bilan 2024 yilning iyunigacha ijaraga olmoqchi.

Manbaga ko'ra, muzokaralar davom etmoqda. Agar kelishuv amalga oshsa, futbolchi maoshining bir qismini Turin klubi to'laydi.

Braziliyalik futbolchi o'tgan mavsum ijara asosida "Liverpul"da o'ynadi. "Qizillar"ning asosiy tarkibida 1 ta uchrashuv o'tkazdi.

O'xshash yangiliklar


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: twitter.com/FabrizioRomano