"FIFA.uz"da Xayrulla Xoliqovning jamoasi

Narzulla Saydullayev
14 mar 2014, 16:36
FIFA.UZda Oliy liganing yangi mavsumiga jamoa tuzish boshlangani haqida xabar bergandik.
Bir qancha yangiliklar qo'shilgan FIFA.UZda hozirga qadar 1100dan ortiq jamoa tuzildi.

Bu o'yinni muxlislardan tashqari futbolchilar, jurnalistlar va futbol jamoatchiligi orasida qiziqish uyg'otgan. Jumladan, championat.asia sayti va "Futbol Ekspress" gazetasi jurnalisti, "Mashal" klubi matbuot kotibi Xayrulla Xoliqov 2014 yilgi mavsum uchun o'z jamoasini tuzdi.

Xoliqovning tarkibida "Mashal", "Paxtakor" va "Olmaliq" klublaridan uchtadan futbolchi bor. Jamoa sardori sifatida "Olmaliq" hujumchisi Zafar Polvonov tanlangan.



Bundan tashqari "Nasaf" darvozaboni Eldorbek Suyunov va "Lokomotiv" hujumchisi Farhod Tojiev o'z jamoalarini tuzib bo'lishgan. SIZ hali jamoa tuzmadingizmi? Shoshiling, o'zingizni murabbiy sifatida sinab ko'ring. FIFA.UZ da ishtirok etib do'stlar orttirish va sovg'alar yutib olish mumkin. Birinchi davra g'olibi Osiyo chempionati final bosqichiga yo'llanmani qo'lga kiritadi!

Birinchi tur uchun dedlayn 15 mart kuni soat 12:00da tugaydi.

Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia