FIFA vice-prezidenti: O'zbekistonda futbolga bo'lgan e'tibor a'lo darajada

Narzulla Saydullayev
12 sen 2013, 13:11
10 sentyabr kuni FIFA vice-prezidenti hamda Iordaniya Futbol Uyushmasi prezidenti Shaxzoda Ali bin Husayn Toshkentga tashrif buyurdi.
FIFA vice-prezideti tashrif chog'ida O'FF Prezidenti Mirabror Usmonov hamrohligida Toshkentdagi Bunyodkor sport majmuasiga tashrif buyurdi va yangi stadionni ko'zdan kechirdi.

Birinchi navbatda Yurtboshingiz hamda O'FF Prezidentini mana shunday ajoyib sport majmuasi qad rostlagani bilan chin qalbimdan tabriklayman, - deydi Shaxzoda Ali bin Husayn. Bu - mamlakatingizda sportga va futbolga juda jiddiy e'tibor qaratilayotaninidan dalolat, - deya qo'shimcha qildi FIFA vice-prezidenti.

Futbol - dunyodagi eng ommaviy sport turi. O'zbekistonda ajoyib avlod shakllanayotganiga va mamlakat futboli rivojlanish yo'lida ekanligiga guvoh bo'ldim, - deydi Shaxzoda Ali.

FIFA vice prezidenti, shuningdek, Bunyodkor stadioniga tashrifi chog'ida Bunyodkor futbol klubi akademiyasi faoliyati bilan tanishdi va bolalar futboliga berilayotgan katta e'tibor haqida iliq fikrlarni bildirdi.

Bolalar futboliga bo'lgan e'tibor va ularga yaratilgan sharoitlar a'lo darajada. Yana bir marotaba Mamlakat raxbari hamda O'FF Prezidentini bunday bunyodkorlik ishlari va mamlakat futbolida olib borilayotgan ajoyib islohotlar uchun chin qalbimdan tabriklayman, deydi Shaxzoda Ali bin Husayn.

Shaxzoda Ali bin Husayn shuningdek, O'zbekiston Futbol Federatsiyasi binosiga hamda O'zbekiston hamda Iordaniya milliy terma jamoalari o'rtasidagi JCH-2014 saralash pley-off javob uchrashuvini kuzatish uchun Paxtakor stadioniga tashrif buyurdi.

Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: the-uff.com