

Bu haqda "The Mirror" nashri xabar bermoqda.
Yakshanba kuni FIFA prezidenti bo'lgan xususiy samolyot Mayamidan Dohaga uchib ketdi. Infantino u yerda JCH chorak finali doirasidagi Angliya - Norvegiya (2:1) uchrashuvini tomosha qilayotgan edi.
Infantino yaqin 24 soat ichida (yarim final o'yinlari boshlangunga qadar) AQSHga qaytib kelishi kutilmoqda.
Infantino Qatar va uning hukmron oilasi bo'lmish Al-Tani bilan mustahkam aloqalarni saqlab keladi. 2022 yilda Qatar Yaqin Sharqdagi birinchi jahon chempionatiga mezbonlik qilgan edi.
Qatarda yakshanba kunidan boshlab to'rt kunlik milliy motam e'lon qilindi.



