FIFA rahbari JCH-2026ni tark etdi

14 iyul 2026, 10:25
FIFA prezidenti Janni Infantino yakshanba kuni 74 yoshida vafot etgan Qatarning sobiq amiri Shayx Hamad bin Xalifa Al Tanining dafn marosimida ishtirok etish uchun JCH-2026dagi ishtirokini vaqtincha to'xtatdi.

Bu haqda "The Mirror" nashri xabar bermoqda.

Yakshanba kuni FIFA prezidenti bo'lgan xususiy samolyot Mayamidan Dohaga uchib ketdi. Infantino u yerda JCH chorak finali doirasidagi Angliya - Norvegiya (2:1) uchrashuvini tomosha qilayotgan edi.

Infantino yaqin 24 soat ichida (yarim final o'yinlari boshlangunga qadar) AQSHga qaytib kelishi kutilmoqda.

Infantino Qatar va uning hukmron oilasi bo'lmish Al-Tani bilan mustahkam aloqalarni saqlab keladi. 2022 yilda Qatar Yaqin Sharqdagi birinchi jahon chempionatiga mezbonlik qilgan edi.

Qatarda yakshanba kunidan boshlab to'rt kunlik milliy motam e'lon qilindi.

O'xshash yangiliklar


Manba: The Mirror