FIFA Infantino shaniga aytilgan janjalli ayblovlar fonida bayonot berdi

8 avg 2026, 09:10
Xalqaro futbol federatsiyasi (FIFA) tashkilot prezidenti Yevropa futbol assotsiatsiyalari ittifoqi (UEFA) bosh kotibi bo'lib ishlagan davrida sobiq jazmaniga tovon puli to'lanishini taminlagani haqidagi ayblovlar fonida bayonot e'lon qildi.

"FIFA prezidenti Djanni Infantino ushbu ayblovlarni to'liq rad etadi, ular haqiqatga to'g'ri kelmaydi. Ustav yoki reglamentlar buzilganligi haqidagi har qanday taxminlar tuhmat hisoblanadi. UEFA yoki FIFAning hech bir xodimi Infantinoning ishtirokidagi hodisalar yo'qligi sababli uning harakatlari yuzasidan hech qachon shikoyat yubormagan. Barcha kadrlar qarorlari - shu jumladan bo'shatish va ishdan bo'shatish nafaqalarini to'lash - vakolatli rahbarlar tomonidan amaldagi qoidalarga qatiy muvofiq holda tasdiqlangan", - deyiladi FIFA bayonotida.

Avvalroq OAVda Infantino UEFAdagi faoliyati davomida o'z jazmanining lavozimini oshirgani va unga ishdan bo'shatish nafaqasi to'lanishiga erishgani haqida xabar berilgan edi.

O'xshash yangiliklar


Manba: FIFA.com