FIFA Osiyodagi JCH-2022 saralash o'yinlarini qoldirishga qaror qildi

Alisher
9 mar 2020, 16:48
JCH-2022 saralashi doirasidagi Yaman - O'zbekiston o'yini qoldirildi.

FIFA va Osiyo Futbol Konfederatsiyasi (OFK) kelishgan holda JCH-2022 saralash o'yinlarini quyidagi ko'rinishda kechiktirishga qaror qildi:

- 2020 yilning 23-31 mart va 1-9 iyunda bo'lib o'tishi kerak bo'lgan o'yinlar boshqa muddatga qoldirish;

- FIFA va OFK qoldirilgan o'yinlarni muhokama qilishadi.

Ammo, a'zo assotsiatsiyalar o'zaro kelishgan holda FIFA kunlari (mart yoki iyun) da o'yinlarni o'tkazishlari mumkin, ammo FIFA va OFK tomonidan oldindan kelishib olinishi shart.

FIFA va OFK shuningdek Litvada bo'lib o'tadigan 2020 yilgi JCHga saralash vazifasini ham o'tab beradigan Turkmanistondagi Osiyo chempionatini ham 5-16 avgustga qadar qoldirishga kelishib olishdi.


Vadim Abramov: "Yaman - O'zbekiston uchrashuvini Toshkentda o'tkazish taklifi bilan chiqdik"        

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: fifa.com