Vadim Abramov: "Yaman - O'zbekiston uchrashuvini Toshkentda o'tkazish taklifi bilan chiqdik"

Narzulla Saydullayev
9 mar 2020, 13:53
OFK milliy futbol federatsiyalariga mart va iyun oyiga belgilangan JCH-2022 saralash o'yinlarini keyinroq muddatga qoldirishni so'rab xat yubordi.

Biroq ikkala tomon belgilangan muddatda o'ynashga rozi bo'lsa bahs o'sha kuni o'tishi mumkin.

31 mart kuni Yaman - O'zbekiston uchrashuvi bo'lib o'tishi lozim. Yamandagi siyosiy vaziyat tufayli bahs Bahraynda o'tkazilishi kerak. Xo'sh, bu bahs qoldiriladimi? Mazkur savol bilan O'zbekiston terma jamoasi bosh murabbiyi Vadim Abramovga murojaat qildik.

"Barcha biladi koronavirus tufayli reyslar bekor qilinmoqda, o'yinlar qoldirilmoqda. Shu bois Bahraynda o'ynay olmaymiz. O'FA Yamanga o'yinni Toshkentda o'tkazish taklifi bilan chiqdi. Agar ular rozi bo'lishsa 31 mart kuni Toshkentda o'yin bo'ladi, agar rozi bo'lishmasa uchrashuv noma'lum muddatga qoldiriladi. Keyingi bahslar qoldirilishi aniq, sababi biz boshqa jamoalardan oldin o'ynashni istamaymiz. Chunki bunday holatda guruhdagi qolgan jamoalar bizning natijadan xabardor bo'ladi va shu natijadan kelib chiqib o'ynaydi. Bu noto'g'ri", - deydi Vadim Abramov.

Eslatib o'tamiz, 2019 yil oktyabr oyida Toshkentdagi "Paxtakor" stadionida o'tgan O'zbekiston - Yaman uchrashuvida 5:0 hisobi qayd etilgan.


O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia