FIFA Maradonaga kuniga 11 ming evrodan to'laydi

Omonjon To`xtamirzayev
29 iyun 2018, 14:36
FIFA sobiq futbolchi Diego Maradonaga JCHda qatnashayotgani uchun barcha xarajatlarini to'lab beradi va argentinalikka qo'shimcha pul ham beradi.

Maradona FIFA prezidenti Janni Infantino tomonidan tuzilgan "afsonalar guruhi" a'zosi hisoblanadi. Hamda Diego – bu guruhning eng ko'p maosh oluvchi vakillaridan biri hamdir.

JCHdagi har bir kuni uchun Maradona "bor yo'g'i" 11 ming evrodan ishlab oladi. Qizig'i, argentina futboli afsonasining Rossiyadagi barcha xarajatlarini - chipta, mehmonxona, ovqatlanish va boshqalarni ham FIFA to'lab beradi.


Omonjon To`xtamirzayevMuallif
Manba: Daily Mail