Ferdinand Garnacho haqida: "U hali Krishtianu emas"

Mirjalol Normatov
15 noya 2022
"Manchester Yunayted"ning sobiq futbolchisi Rio Ferdinand "Fulxem"ga qarshi o'yindan keyin Krishtianu Ronaldu va Alexandro Garnacho haqida gapirdi.

"Uni hech qachon bo'lajak Ronaldu yoki uning turidagi futbolchi deya olmayman. Biroq u golni Krishtianu uslubida urdi. Men yoshlikdagi Ronaldu bilan futbol o'ynaganman, biroq buni unutish va Ronalduning barcha biladigan holatiga qaytishini istashimiz kerak.

Krishtianuning 2007 yili "Kreyven Kottej"dagi "Fulxem"ga urgan golini eslang. O'sha gol jamoaning chempionat g'olibligi uchun asosiy omillardan biri bo'lgandi", - dedi mankunianliklar sobiq futbolchisi.

APLning 15-turi doirasida "Fulxem"ga qarshi o'yinning so'nggi 90+3-daqiqasida Alexandro Garnacho o'z goli bilan mankunianliklarga g'alaba keltirgandi.


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: Vibe