"Fenerbaxche" LaLiga, A Seriya yoki boshqa chempionatda ishtirok etmoqchi

Aslanov Jasurbek
26 mar 2024, 00:14
Turk klubi A Seriya yoki LaLiga ishtirokchisiga aylanishi mumkin.

"Fenerbaxche" 3:2 hisobida g'alaba qozongan Superliganing 30-tur o'yinida "Trabzonspor" ishqibozlari maydonga tushib, g'olib jamoa vakillariga hujum qilgan edi. 18 mart kuni Turkiya Ichki Ishlar vaziri 12 nafar shaxs qo'lga olinganini e'lon qildi.

"Fenerbaxche" matbuot xizmatining ma'lum qilishicha, 2 aprel kuni direktorlar kengashining navbatdan tashqari yig'ilishi o'tkazilib, unda voqeaga oid bo'lgan ishlar ko'rib chiqiladi. Ular orasida Superligani tark etish masalasi ham bor.

Ma'lumotlarga ko'ra, klub rahbariyati Belgiya, Ispaniya, Itliya, Niderlandiya yoki Fransiya chempionatiga o'tishni ko'rib chiqadi.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: BPT