Fekir: "Lion" Messini to'xtatish uchun hamma ishni qiladi"

Aslanov Jasurbek
12 mar 2019, 10:37
"Lion" hujumchisi Nabil Fekir "Barselona"ga qarshi bo'ladigan Chempionlar ligasi 1/8 final bahsi haqida fikr bildirdi.

"Men uchun Messi dunyoning eng yaxshi futbolchisi, chunki u 10 yildan beri cho'qqida va har yili jamoada muhim rolni bajaradi. U "Barselona" uchun sovrinlar yutadi, Leoni to'xtatib qolish uchun hamma ishni qilamiz. "Barselona" - Yevropaning eng kuchli jamoalaridan biri, bunday klubga qarshi o'ynash doimo qiziq.

Muxlislar mendan ko'p narsani kutishmoqda, bu normal xolat. Bahs qiyin bo'ladi, ammo qo'limizdan kelgan barcha ishni qilamiz" - deydi forvard.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: Marca