
Rossiya Premer-ligasida yozining eng qimmat sotuvi yarim himoyachi Xorxe Karraskalning "Dinamo"dan "Flamengo"ga o'tishi bo'ldi. Avvalroq moskvaliklar transferdan 12,5 million evro ishlab olgani xabar berilgandi.
Transfermarkt ma'lumotlariga ko'ra, ikkinchi eng qimmat transfer SSKAdan yarim himoyachi Abbosbek Fayzullaevning Turkiyaning "Istanbul Bashakshehir" klubiga 7,5 million evro evaziga o'tgani bo'ldi.
Kuchli uchlikni yana bir SSKA futbolchisi Kellven yakunlab bergan. Moskva jamoasi yarim himoyachini "Palmeyras"ga 6 million evroga sotdi.