Fatining otasi "Barselona" rahbariyati bilan uchrashdi

Aslanov Jasurbek
27 mar 2023, 21:47
Ansu Fatining "Barselona"dagi kelajagi so'roq ostida.

Ma'lumotlarga ko'ra, 20 yoshli hujumchining otasi Bora Fati "Barselona" direktorlari Yordi Kroyff va Mateu Alemani bilan uchrashgan. Uchrashuvda Ansuning Kataloniya klubidagi kelajagi borasida bir qarorga kelinmagan, chunki klubning moliyaviy holati og'ir va bu Fatini jamoadan ketishga majbur qilishi mumkin.

Ma'lum bo'lishicha, suhbatda Ansu Fatining klubdan ketishi borasida gap-so'zlar bo'lmagan. Futbolchining otasi Ansuning jamoadagi rolidan havotirda ekanligini aytgan. Alemani esa barcha qarorlar Xavi tomonidan qabul qilinishini takidlagan.

Fati joriy mavsum 38ta uchrashuvda maydonga tushib, 6ta gol urdi va 3ta golli pas berdi.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: Diario Sport