Fati tizzasidagi jarohat sabab noma'lum muddatga safdan chiqdi

Alisher
27 okt 2021, 12:58
"Barselona" hujumchisi Ansu Fati noma'lum muddatga safdan chiqdi.

Bu haqda "ko'k-anorranglilar" matbuot xizmati xabar bermoqda. 18 yoshli ispaniyalik futbolchi o'ng tizzasida og'riq his qilmoqda.

Fati 2021/22 yilgi mavsum "Barselona" tarkibida 6ta o'yinda maydonga tushib, 2ta gol va 1ta assist qayd etdi.

Forvard sentyabrda 10 oylik tanaffusdan so'ng maydonga qaytgan edi.

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: twitter.com/FCBarcelona