

Quvonarlisi o'zbekistonlik hujumchi Farhod Tojiev "Liverpul"ga qarshi o'yin uchun Malayziya klublar terma jamoasiga chaqiruv olgan. Bu haqda utusan.com.my sayti xabar berdi. Malayziya klublar terma jamoasiga chempionatida o'ynayotgan eng yaxshi legionerlardan 5 nafari chaqirilgan. Ular orasida "T-Tim" sharafini himoya qilayotgan hamyurtimiz ham bor.
Farhod hozircha 14ta gol bilan chempionatda to'purar bo'lib turibdi.
Ma'lumot uchun, bu o'yin 24 iyul kuni Kuala-Lumpur shahridagi "Bukit Jalil" stadionida bo'lib o'tadi.


