Farhod Tojiev "Liverpul"ga qarshi o'yinga chaqirildi

Narzulla Saydullayev
10 iyul 2015, 11:25
24 iyul kuni Malayziya klublar terma jamoasi "Liverpul" klubiga qarshi o'rtoqlik uchrashuvini o'tkazadi.

Quvonarlisi o'zbekistonlik hujumchi Farhod Tojiev "Liverpul"ga qarshi o'yin uchun Malayziya klublar terma jamoasiga chaqiruv olgan. Bu haqda utusan.com.my sayti xabar berdi. Malayziya klublar terma jamoasiga chempionatida o'ynayotgan eng yaxshi legionerlardan 5 nafari chaqirilgan. Ular orasida "T-Tim" sharafini himoya qilayotgan hamyurtimiz ham bor.

Farhod hozircha 14ta gol bilan chempionatda to'purar bo'lib turibdi.

Ma'lumot uchun, bu o'yin 24 iyul kuni Kuala-Lumpur shahridagi "Bukit Jalil" stadionida bo'lib o'tadi.

O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia