“Farg'ona viloyati hokim kubogi-2017”. Prevyu. “Cementchi” - “Norin”

Narzulla Saydullayev
26 yanv 2017, 11:31
Bugun har yili viloyatimizda ananaviy tarzda o'tkaziladigan “Farg'ona viloyati hokim kubogi” musobaqasiga start berildi.

“Cementchi” musobaqani 27 yanvar kuni Xaqqulobodning “Norin” jamoasiga qarshi bahs bilan boshlaydi.

Jamoalar shu kungacha ikki bor birinchi liga bahslari doirasida ro'baro kelishgan. Dastlab Quvasoyda bo'lib o'tgan uchrashuvda jamoadoshlarimiz “Cementchi” 2-0 hisobida g'alaba qozongan bo'lishsa, Xaqquloboddagi uchrashuvda 1-0 hisobida “Norin” jamoasining qo'li baland kelgan. Demak, o'zaro uchrashuvlarga ko'ra hisob teng, to'plar nisbati esa 2-1 jamoamiz ustunroq.

2016 yil. Birinchi davra.
“Cementchi”-“Norin” 2:0
Gollar:
Sardor Sotvoldiev, Raxmatillo Meliboev.

2016 yil 15 sentyabr Ikkinchi davra. 26 tur.
“Norin”- “Cementchi” 1-0
Gol:
Davron Mamatov (avtogol)

“Farg'ona viloyati hokim kubogi” doirasida bir guruhdan joy olgan “Cementchi”-“Norin” uchrashuvi 27-yanvar juma kuni Farg'ona Davlat Unversiteti stadionida bo'lib o'tadi. Ushbu uchrashuv soat 14:30 da boshlanadi.

“Cementchi” matbuot kotibi Zuxriddin Abdullajonov

O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia